Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-10-12
Qaysi maʼlumot saqlanadi
- Telegram orqali kirganda: Telegram ID, ism va profil rasmi manzili. Telefon raqam va parol soʻralmaydi.
- Siz kiritganingiz: davlat, soha, til darajalari (ingliz, koreys, nemis).
- Bajarilgan qadamlar va til testi natijalari (til, daraja, ball, sana).
- Suhbatlar: savollaringiz, javoblar, manbalar va suhbatda tuzilgan reja.
- Kunlik chat soni (limit uchun, Telegram ID bilan).
- “Tekshir” sahifasiga yozgan matn serverda tekshiriladi, saqlanmaydi va AI ga yuborilmaydi.
Nima uchun
- Kirishingiz, yoʻl xaritangiz, test natijalaringiz va suhbatlaringiz keyingi safar ham turishi uchun.
- Kunlik limitni hisoblash uchun.
- Reklama uchun ishlatilmaydi.
Sunʼiy intellekt provayderiga nima yuboriladi
- Provayder — Anthropic (Claude modellari). Chat savollaringiz shu yerga yuboriladi.
- Yuboriladi: suhbatning oxirgi 20 tagacha xabari, davlat, soha, til darajalari, bajarilgan qadamlar va davlat qadamlari matni.
- Xabaringizdagi email, telefon, karta va pasport raqami yuborishdan oldin [EMAIL], [TELEFON] kabi belgiga almashtiriladi. Bu avtomatik, har holatni ushlay olmasligi mumkin — shaxsiy raqamlarni yozmang.
- Ism, Telegram ID va rasm yuborilmaydi.
- Chat rasmiy saytlar boʻyicha veb-qidiruvdan foydalanishi mumkin, qidiruv Anthropic orqali ketadi.
Kuki fayllari
- laylak_session — kirganingizni eslab turadi. 30 kun, faqat server oʻqiydi (HttpOnly), SameSite=Lax, https da Secure.
- laylak_tg_login — Telegram bilan kirish paytida, 10 daqiqa.
- Brauzerda boshlangʻich tanlovlar qoralamasi vaqtincha saqlanadi (sessionStorage).
- Bu sayt (laylakai.uz) kuki qoʻymaydi.
Sayt analitikasi
- Sayt PostHog orqali sahifa koʻrishlari va bosishlarni anonim hisoblaydi.
- Kuki va brauzer xotirasiga hech narsa yozilmaydi.
- Telegram ID yoki ism yuborilmaydi.
- Sessiya yozuvi yoʻq.
- Ilovada (app) analitika yoʻq.
Saqlash muddati va oʻchirish
- Maʼlumot oʻchirmaguningizcha saqlanadi. Kirish sessiyasi 30 kunda tugaydi.
- Ilovada Profil → “Maʼlumotlarni oʻchirish”: hisob, profil, qadamlar, test natijalari, suhbatlar va rejalar butunlay oʻchadi. Zaxira nusxalarda 14 kungacha qolishi mumkin. Alohida suhbatni ham oʻchirish mumkin.
- Kunlik chat hisoblagichi kamida 7 kun saqlanadi, keyin oʻchiriladi.
- Ilovaga kira olmasangiz, Telegram bot orqali soʻrov yuboring.
Uchinchi tomonlar
- Telegram — kirish uchun (oauth.telegram.org).
- Anthropic — AI javoblar uchun.
- Vercel — ilova sahifalari; API va baza VPS serverda.